“Iste’dodli yoshlar” tadbiri
2024-yil 13-dekabr kuni Sergeli tuman politexnikumida “Iste’dodli yoshlar” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Oshpaz, Sartarosh va Tikuvchi kasbi bo‘yicha tahsil olayotgan iste’dodli o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan amaliy ishlanmalar namoyish qilindi. Tadbirda so‘z olgan muassasa direktori Sh.Tashev mamlakatimizda iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida gapirdi. Jumladan yoshlarni ilmiy-texnik faoliyatga keng jalb qilish, iqtidorli yoshlarning bilim, ko‘nikma va malakasini oshirish, innovatsion g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish tizimli ishlar olib borilayotganligi aytildi.